ALHIKMA Bepul darsga yozilish

Bosh sahifa › Kurslar › IT Dasturlash

IT Dasturlash kursi — 9 oyda full-stack dasturchi

Frontend’dan backend’gacha — to‘liq stack dasturchi bo‘lib yetishing. Har oy yangi bilim va har bosqichda o‘zingiz qilgan amaliy loyiha.

Akbaraliyev Saidislom
UstozAkbaraliyev SaidislomPython backend dasturchi · 2+ yil tajriba

Kimlar uchun

Kurs dasturi

Taxminiy reja — guruhning tezligi va darajasiga qarab ustoz tartibni moslashtiradi.

  1. 1-oy
    Kompyuter va dasturlash asoslari, HTML

    Dasturlash nima, algoritm va mantiq. HTML bilan birinchi veb-sahifa: matn, rasm, havola, jadval, forma.

  2. 2-oy
    CSS va moslashuvchan dizayn

    Ranglar, shriftlar, Flexbox va Grid, telefonda ham chiroyli ko‘rinadigan sahifalar. Loyiha: shaxsiy portfolio sayt.

  3. 3-oy
    JavaScript asoslari

    O‘zgaruvchilar, shartlar, sikllar, funksiyalar, sahifa bilan ishlash (DOM). Loyiha: interaktiv sahifa yoki kichik o‘yin.

  4. 4-oy
    JavaScript chuqurroq, Git

    Massiv va obyektlar, internetdan ma’lumot olish (API), Git va GitHub bilan ishlash.

  5. 5-oy
    React

    Komponentlar, holat (state), sahifalararo o‘tish. Loyiha: React’da to‘liq ilova.

  6. 6-oy
    Python asoslari

    Python sintaksisi, funksiyalar, fayllar, obyektga yo‘naltirilgan dasturlash (OOP).

  7. 7-oy
    SQL va Django

    Ma’lumotlar bazasi, SQL so‘rovlar. Django: modellar, admin panel, sahifalar.

  8. 8-oy
    Backend: REST API, Node.js

    API yaratish, foydalanuvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish, frontend’ni backend bilan bog‘lash. Node.js bilan tanishuv.

  9. 9-oy
    Yakuniy loyiha

    Full-stack loyiha: g‘oyadan tayyor saytgacha. Portfolio va kurs yakunida rasmiy sertifikat.

Kurs oxirida nimaga ega bo‘lasiz

Birinchi 2 ta dars — bepul. Kursni ko‘rib, ustoz bilan tanishib, keyin qaror qilasiz. To‘lov oyma-oy. Uzum Nasiya orqali boshlang‘ich to‘lovsiz o‘qish va “Kelajak Kasblari” dasturi orqali 6 oy bepul ta’lim imkoniyati ham bor — shartlarini administratorimiz aytib beradi.

Ko‘p so‘raladigan savollar

Necha yoshdan qabul qilasiz?

7 yoshdan boshlab. Kattalar uchun yosh chegarasi yo‘q — guruhlar yosh va darajaga qarab tuziladi.

Noutbuk olib kelish kerakmi?

Yo‘q. Markazimizda kompyuterlar va o‘qish uchun barcha sharoitlar bor.

Kompyuter bilimim yo‘q, o‘qiy olamanmi?

Ha. Kurs noldan — kompyuter va dasturlash asoslaridan boshlanadi. Mantiqiy fikrlashingizni saytdagi bepul testda tekshirib ko‘rishingiz mumkin.

Onlayn o‘qisa bo‘ladimi?

Ha, IT Dasturlash kursini onlayn ham o‘qish mumkin.

Ingliz tili rostdan bepulmi?

Ha — IT Dasturlash o‘quvchilari ingliz tili kursida qo‘shimcha to‘lovsiz o‘qiydi.

IT Dasturlash — bepul sinov darsiga yoziling

Formani to‘ldiring — mutaxassisimiz siz bilan bog‘lanadi.

Boshqa kurslar

Ingliz tili kursi — General English va IELTSArab tili kursi — noldan o‘qish, yozish va grammatikaFoydali maqolalar →